BookmakeRReview
Strategiyalar

Turli oʻyin turlarida layv-stavkalar boʻyicha strategiyalar qay tarzda ishlaydi

Turli oʻyin turlarida layv-stavkalar boʻyicha strategiyalar qay tarzda ishlaydi

Maqola mazmuni

Stavkalarda ishtirok etuvchi koʻpchilik oʻyinchilar stavkalarni aynan layv holatida amalga oshirishni afazal koʻradilar, ya'ni sport musobaqalari vaqtida. O'zbekistonlik bukmekerlari bu borada juda koʻp sonli variantlarni taklif etadilar, oʻyinchilar esa layv‑stavkalarda aniq bir oʻyin qoidalarini ishlab chiqishga harakat qiladilar. Turli sport turlarida layv holatida stavkalarni amalga oshirish uchun eng mashxur strategiyalar haqida aytib beramiz.

Layv holatida stavkalar qay tarzda amalga oshiriladi 

Layv‑stavkalar – bu  oʻyin musobaqasi jarayonida, oʻyinchi real vaqtda bukmekerlik idorasida stavkalarni amalga oshirishi hisoblanadi.

Layv‑stavkalarda bukmekerning vazifasi  – sport maydonida roʻy berayotgan oʻzgarishlarga tezlik bilan oʻz ahamiyatini qaratishi, koeffitsientlar, totallar va foralar (imtiyozlar) boʻyicha koʻrsatmalarni oʻzgartirishdan iborat va boshq.

Oʻyinchi ham roʻy berayotgan voqealarni kuzatib boradi va bukmekerdan tezroq ulgurish uchun, hamda oʻzi uchun maksimal darajada manfaatli boʻlgan stavkani amalga oshirish uchun qulay vaziyatni kutadi. U oʻyin davomida beriladigan statistik maʼlumotlarnigina  emas, balki vaziyatni kuzatib borish kabilardan ham foydalanishi mumkin. Bu juda muhim ahamiyatga ega vaziyat hisoblanadi, chunki statistika hamma vaqt ham musobaqada nimalar roʻy berayotganini toʻla toʻkis namoyon qila olmaydi.

Oʻyinchining roʻy berayotgan hodisalarni baholay olishi va tezlik bilan qaror qabul qilishi - Live holatidagi stavkalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun muhim elementlardan biri hisoblanadi.

Oʻyin davomida stavkalarni amalga oshirish uchun nimalar muhim ahamiyatga ega:

  1. Statistik maʼlumotlarni inobatga olgan holda barcha hodisalarni, raqiblarning oʻyin taktikalari, guruh tarkibi kabilarni tahlil qilish.
  2. Musobaqalashish jarayonidagi buzilishlarni kuzatib borish qobiliyati va oʻzgarishlar kuzatilishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlay olish.
  3. Qaror qabul qilish tezligi: odatda stavkalarni tanlash uchun bir necha soniyalar ajratiladi, ayniqsa bu tennis, voleybol, basketbol, stol tennisi kabi shiddatli oʻyin turlari shular jumlasidan hisoblanadi.

Ushbu shartlarni bajarishga hali tayyor boʻlib ulgurmagan ishtirokchilar, layv holatida stavkalarni amalga oshirish uchun shoshilmaganliklari yahshiroq – bu oʻz navbatida yoʻqotishlarning sababi boʻlishi mumkin. Koʻpchilik oʻyinchilar bunday sharoitlarda noqulayliklarni xis qilishlari mumkin. Shu sababli, bunday holatlarda oʻz imkoniyatlariga yuqori baho berish va natijada oʻyinni sinovga aylantirib yuborishning keragi yoʻq.

Layv holatida turli sport turlarining oʻziga xos xususiyatlari va nozik farqlari mavjud. Bir uygʻunlikdagi, barcha oʻyin turlarida muvaffaqiyatli tarzda qoʻllash mumkin boʻlgan stavkalar boʻyicha strategiyalarni topish juda murakkab. Layv holatidagi oʻyinlar boʻyicha oʻyinchilar orasida mashhur boʻlgan strategiyalar haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Futbol boʻyicha layv‑stavkalar strategiyasi: kech gol 

Futbol boʻyicha musobaqalar statistikasining koʻrsatmalariga koʻra, odatda ikkinchi taym birinchi taymga nisbatan samaradorliroq boʻlib, eng koʻp golllarning urilishi  75‑daqiqadan boshlab oʻyin oxirigacha boʻlgan vaqt oraligʻida kuzatiladi.  «Kech gol» strategiyasi  gollarning totali uchun stavkalarini oʻyinning 75 chi daqiqasidan soʻng, aniq bir koʻrsatkichdan yuqoriroq boʻlishini nazarda tutadi.  Masalan, 1‑1 hisobida «total kattaroq 2,5» (TK 2.5) stavkasi amalga oshiriladi.

Munosib boʻlgan oʻyin musobaqalarini tanlashda toʻrt mezonni inobatga olish lozim:

  • Oʻyin ishtirokchilari gol urish uchun vaziyatlarni yuzaga keltirishlari va ikkinchi taym mobaynida darboza tomon nishonga olingan zarbalarni amalga oshirishlari zarur;
  • hisobdagi farq – ikki toʻpdan koʻp boʻlmagan;
  • oʻyinda almashtirish uchun hujumkor futbolchilar chiqadilar;
  • joriy hisob guruhlardan biriga maqul boʻlmasa, bu juda yaxshi.
  • Kech gol uchun stavkani amalga oshirishga qoʻshimcha omil sifatida, guruhlarning biridan oʻyinchini chetlatish, shuningdek favorit yutqazayotgan va bor kuchi bilan vaziyatni toʻgʻirlashga intilayotgan vaqt.

Yutqazayotgan favorit oʻyinida burchak toʻplarining TK uchun layv‑stavkalar 

Koʻpincha futbol oʻyini vaqtida favorit yutqazayotgan boʻladi va barcha kuchini oʻyin vaziyatini toʻgʻirlashga yoʻnaltiradi. Hujum sonlari ortib boradi, raqib himoyaga  «oʻtirib» qoladi va faqat ortga qaytarib turadi. Bunday holatda burchak toʻpi imkoniyati koʻtarilib ketadi. Bundan kelib chiqadiki, oʻyinda Live holatida «burchak toʻpi uchun total kattaroq» stavkalarini amalga oshirish mumkin boʻladi.

Burchaklar uchun stavkalar strategiyasidan foydalanishda almashtirish (hujumchilar chiqishi), "ikkinchi qavatda" ham oʻynashga qodir boʻlgan baland boʻyli oʻyinchilarning mavjudligiga e'tibor qaratish zarur.

Tennis boʻyicha layv‑stavkalar strategiyasi: geymda 40:40

Tennis geymlarida teng kuchdagi oʻyin va murosasiz kurashlar davomida 40:40 hisobi yuzaga kelishi mumkin («teng»), ushbu holat natijasida ikki oʻyinchidan biri gʻoliblikni qoʻlga kiritishi uchun ikki marotaba ketma‑ket raqibini ustidan gʻalabaga qozonishi zarur.

Bukmekerlik idoralari ning yoʻnalishlarida ba'zida aniq bir geymda 40:40 hisobi qayd etiladi kabi stavka variantlaini  topish mumkin. Bu kabi holatlar uchun koeffitsientlar juda yuqori boʻladi va odatda ular 2.50 – 5.00 koʻrsatkichlari oraligʻida boʻladi.

Ketma‑ket barcha geymlarda stavkalarni amalga oshirish kerak emas: bu kabi stavkalarni ushbu hodisa uchun koeffitsient 3.00 dan yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan va oʻyin davomida qizgʻin kurash yuzaga kelgan hollarda amalga oshirish tavsiya etiladi. Ayollar va erkaklar uchrashuvlaridan foydalanish mumkin. Bunda, ayollarda 40:40 hisobi tez‑tez uchraydi, ammo koeffitsientlar esa 3.00 dan yuqori boʻlmaydi. Oʻyinda koptokni qabul qilish boʻyicha statistikaga birinchi navbatda e'tibor qaratgan holda oʻyinni kuzatib borish zarur. Koptokni yahshi qabul qiluvchi tennischilarda oʻyinda kurashni keltirib chiqarish va natijada geymda teng hisobga erishish imkoniyati yuqori.

Basketbol boʻyicha layv‑stavkalar strategiyasi: birinchi boʻlimdan keyingi total 

Basketbol oʻyinlarida birinchi boʻlimdan keyingi ochkolarning umumiy soni  (ochkolar totali) boʻyicha stavkalar uchun layv‑strategiyalarning asosiy mohiyati, oʻyinning boshlangʻich totali va oʻyin oʻrtasidagi oraliq totallar orasidagi nomutanosiblikga ega boʻlgan oʻyinlarni izlashdan iborat.

Oʻyin boshlangunga qadar bukmekerlar tomonidan taqdim etilgan (totalning "asosiy" koʻrsatkichini bukmekerlar odatda chiziq bilan ajratib qoʻyadilar yoki asosiy menyuga oʻyin uchun stavkalar bilan birgalikda qoʻyadilar). Oʻyinning birinchi yarmidan soʻng  ushbu  koʻrsatkich yoʻnalish boʻyicha yangilangan total koʻrsatkichi bilan taqqoslanadi. Agar ochkolar boʻyicha farq 10% dan ortiq boʻlsa, u holda koʻrsatkich qaysi tarafga siljishiga bogʻliq holda «total koʻproq» yoki «total ozroq» kabilarga stavkalarni qoʻyish amalga oshiriladi.

Masalan, bukmekerlik idoralarinng yoʻnalishlarida oʻyin boshlangunga qadar asosiy total 160.5 ochkoni tashkil etgan. Oʻyinning birinchi boʻlimida jamoalar oʻta samarador basketbol oʻyinini koʻrsatdilar, bu esa  koʻrsatkich aytarli darajada oʻzgarishiga olib keldi va biz layvda asosiy total 171.5 ochko miqdorida belgilanganini koʻramiz. Bundan kelib chiqadiki, layv‑stavkani total 171,5 ochkodan ozroq koʻrsatkichiga amalga oshirishimiz lozim.

Ma'lumki, totalning boshlangʻich «asosiy» koʻrsatkichini qoʻyishda bukmekerlik idoralarining analitiklari jiddik xatolarga va ochkolarda juda katta farq boʻlishiga yoʻl qoʻyishlari juda kam holatlarda kuzatiladi.

Voleybol boʻyicha layv‑stavkalar strategiyasi: partiyada «total ozroq»

Voleybol boʻyicha oʻyinlarda darajasi boʻyicha teng boʻlgan raqiblarning uchrashuvlarida oʻyin boʻlimlardan biri murosasiz kurashlar ostida kechadi va umumiy ochkolar soni (ochkolar totali) 54 raqamidan ortib ketadi. Bunday hollarda, oʻtgan boʻlimda kuzatilgan haddan tashqari zoʻriqishlardan soʻng keyingi boʻlimda jamoalardan birida oʻyinda pasayish kuzatilishi imkoniyati yuqori darajada boʻladi. Ikki marotaba ketmaket, murosasiz kurashli boʻlimni biz koʻrmaymiz. Ushbu holatlarda,  bukmekerning koeffitsienti ga binoan boʻlimda 47,5 yoki 48.5 ochkolarining  total ozroq koʻrsatkichiga stavkani amalga oshirish tavsiya etiladi.

Masalan, voleybol boʻyicha Chempionlar ligasida «Noliko» va «Xalbank» klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻyinda jamoalar ikkinchi boʻlimda umumiy 70 ochkoni qoʻlga kiritdilar. Keyinchalik esa ushbu jamoalar bu kabi raqamlarga hatto yaqinlasha olmadilar. Uchinchi boʻlimda umumiy 46 ochkoga teng boʻlgan total qayd etilgan. 

Layvda oʻyinchilar uchun toʻrt maslahat 

Oʻyinda layv‑stavkalar strategiyasini qoʻllash  100% yutuqni kafolatlamaydi. Ammo, har qanday harakatlar algoritmi va qoidalarga qatʼiy rioya qilish oʻyinchiga oʻzini intizomga solishi, oʻz oʻyin bankini nazorat qilishi va kamida bir urinishda barcha pullarini yutqazib qoʻymaslik imkonini beradi.  Birinchi navbatda yangi boshlovchi oʻyinchilar muvaffaqiyatsizlikka uchramasliklari uchun toʻrt xil maslahatni taklif etamiz.

  • Moliyaviy menejmentda intizomli boʻling 

Layv holatida oʻyinchilarda birdaniga katta  yutuqni qoʻlga kiritish va boy berilgan stavkalardan keyin shu zahotiyoq yoʻqotishni qayta tiklash xohishi yuzaga keladi. Odatda buning natijasida katta mablagʻ yoʻqotish va psixologik jihatdan noqulayliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Oʻyinning moliyaviy jihatdan tanlangan strategiyasiga qatʼiy ravishda rioya qilish zarur va tez yutuqqa erishishdan koʻra, muvaffaqiyatli kelajakni koʻzlash maqsadga muvofiq.

Sport boʻyicha stavkalarda moliyaviy strategiyalar: bu nima va bu qanday ishlaydi
  • Ketma - ket barchasiga stavkalarni amalga oshirish mumkin emas 

Odatda, bir kun davomida bukmekerlik idorasining yoʻnalishlarida juda katta miqdorda hodisalar yuz beradi. Bu esa, oʻyinchi barcha ligalarda va barcha sport turlarida bir xil ma'lumotga ega degani emas. Avvalo, layvda stavkalarni amalga oshirmoqchi boʻlgan barcha hodisa va oʻyinlarni oldindan rejalashtirishni oʻrganing.

  • Oʻyinlarni tomosha qilishga katta eʼtibor qarating

Layv jarayonida oʻyinchilarda juda qulay boʻlgan oʻyinlarni tomosha qilish, komandalar va sportchilarning oʻyinlarini baholash imkoniyati mavjud. Bu esa sizni muvaffaqiyat qozonishingiz uchun imkoniyatingizni aytarli darajada oshiradi.

  • Tajriba – bu biz uchun xamma narsa

Barcha ishda tajribasiz oson emas. Layv‑stavkalar oʻzida koʻplab qobiliyat va koʻnikmalarni mujassam etadi, ularga esa faqat tajriba yordamida erishish mumkin.  Masalan, oʻyin jarayonida jamoalarning oʻyinlaridagi oʻzgarishlarni zudlik bilan aniqlab olish qobiliyati, stavka uchun kerakli boʻlgan summa va u yoki bu hodisa uchun eng maqbul koeffitsientni belgilash. Ehtimol, boshlangʻich davrda katta summalarni tikishning keragi yoʻqdir: yahshisi kichik stavkalar yordamida oʻz koʻnikmakarini rivojlantirishga urinish maqsadga muvofiq boʻladi.

Sharhlar

0

Yana mavzu bo'yicha

Sport stavkalarida flet: bu nima va qanday qilib strategiyadan foydalanish kerak
Strategiyalar
Sport stavkalarida flet: bu nima va qanday qilib strategiyadan foydalanish kerak
Sport o`yinlariga pul tikishda moliyaviy strategiyalar: ularning shakli va ishlash tarzi
Strategiyalar
Sport o`yinlariga pul tikishda moliyaviy strategiyalar: ularning shakli va ishlash tarzi
Kelishilgan o’yinlar: bunda pul ishlash mumkinmi?
Firibgarlar
Kelishilgan o’yinlar: bunda pul ishlash mumkinmi?
Bittalik va ekspress sportga stavkasi nima degani?
Ta'lim
Bittalik va ekspress sportga stavkasi nima degani?
Futboldagi gollarga stavkalar: qanday qilib pul tikish va o'yinlarni qanday tanlash kerak
Ta'lim
Futboldagi gollarga stavkalar: qanday qilib pul tikish va o'yinlarni qanday tanlash kerak
Ro'yxatdan o'tish uchun bonuslar va faqat bu emas: bukmeykerlar yangi o'yinchilarni qanday jalb qilishadi
Ta'lim
Ro'yxatdan o'tish uchun bonuslar va faqat bu emas: bukmeykerlar yangi o'yinchilarni qanday jalb qilishadi
Pullik va bepul prognozlar: farq nimada va unga pul to'lashga arziydimi?
Ta'lim
Pullik va bepul prognozlar: farq nimada va unga pul to'lashga arziydimi?
Nega bukmeykerlar haqidagi sharhlar yolg‘on bo‘lishi mumkin?
Ta'lim
Nega bukmeykerlar haqidagi sharhlar yolg‘on bo‘lishi mumkin?

Barcha materiallar

11