BookmakeRReview

RR da fikr qoldirish qoidalari

Saytda qoldirilgan fikrlar bukmekerlar haqida ko'proq bilib olish, bukmekerlarning o'zlariga esa ‑ xizmatlar va servislar sifatini yaxshilashga yordam berishi biz uchun muhim. Ammo bildirilgan fikrlar samimiy va foydali bo'lgan taqdirdagina bu maqsadga erishish mumkin. Shuning uchun biz fikr bildirishda va joylashtirishda ko'rsatmalarga rioya qilishingizni so'raymiz. 

  1. Faqat bukmekerlar haqida. RR sayti boshqa har qanday xizmat yoki tovarlar haqida fikrlarni qabul qilmaydi. Siz faqat litsenziyaga ega bukmekerlik idoralari, ularning ishi, xizmat va servislar sifati haqida fikr bildirishingiz mumkin.
  2. Matn tili. Fikringizni o'zbek tilida yozing. Transliteratsiyadan foydalanmang va matningizni katta harflarda yozmang (Caps Lock).
  3. O'z tajribangiz. Bukmekerda o'yinning faqat o'z shaxsiy tajribangiz haqida gapiring: qoldirilgan fikr mish-mishlar yoki boshqalarning fikriga asoslanmasligi kerak.
  4. Shikoyat esa, faqat fikringiz. RR saytining ishi o'yinchilarning fikrlarini to'plashdan iborat: biz shikoyatlarni ko'rib chiqmaymiz va o'yinchilar hamda bukmekerlar o'rtasidagi nizolarni hal qilish bilan shug'ullanmaymiz.
  5. Bahoga moslik. Qoldirilgan fikr mazmuni siz bukmekerga qo'ygan bahoga mos bo'lishi kerak.
  6. Axborotlilik. Qoldirilgan fikr mazmunli bo'lishi kerak: tanlangan BI sizga nega yoqqani yoki yoqmaganini yozing.
  7. Qoldirilgan fikr hajmi. Qoldirilgan fikr matni probellarni hisobga olgan holda 100 belgidan kam va 2000 belgidan oshmashligi kerak. Fikringizga mazmunan taalluqli bo'lmagan belgilardan foydalanish taqiqlanadi.
  8. Rasmlarning mosligi. Fikringizga ilova qilingan skrinshotlar yoki suratlar fikr mazmuniga mos bo'lishi va yozilganlarni tasdiqlashi shart. Suratlarning yo'l qo'yilgan hajmi - ko'pi bilan 5 Mb.
  9. Suratlarning noyobligi. Fikringizga ilova qilinadigan skrinshotlar yoki suratlar boshqa saytlardan olingan, tahrir qilingan yoki himoya belgisi qo'yilgan bo'lmasligi kerak.

    RR saytida qoldirilgan fikrlarda taqiqlanadi:

  10. Spam va reklama mazmunidagi materiallarni joylashtirish. Shu jumladan telefon raqamlari, manillar, boshqa saytlarga havolalar, domenlar nomlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga havolalar.
  11. Odobsiz so'zlar va to'g'ridan-to'g'ri haqoratlarni ishlatish.
  12. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lgan materiallarni tarqatish.

Foydalanuvchi yuqorida keltirilgan qoidalarga muvofiq qoldirilgan fikrining e'lon qilinishi va RR hodimlari tomonidan tahrir qilinishiga o'z roziligini beradi.

Foydalanuvchi qoldirilgan fikrda keltirilgan ma'lumotlar uchun mas'ul.

Foydalanuvchi o'z fikrlari va baholarini saytda e'lon qilingan paytdan boshlab faqatgina 5 daqiqa ichida o'zgartirishi (tahrirlashi) yoki o'chirishi mumkin. 

O'z fikringizni yanada yaxshi qilish haqida batafsil (misollarda)