BookmakeRReview

Bukmekerlik idorasi 1xBet: sayt obzori

Bukmeker Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini olib borishi uchun litsenziyaga ega emas

1xBet bukmekeri haqida umumiy maʼlumotlar:  ma'lumotlar, koeffitsientlar, stavkalar va Live

1xBet — MDH davlatlaridagi eng mashxur bukmekerlik idoralaridan biri hisoblanadi. Faol ravishdagi reklamalari tufayli va muhim raqobatchilik tarafidan afzalliklari uchun ushbu kompaniya turli mamlakatlarda, shuningdek Oʻzbekisronda ham sport boʻyicha stavkalarni amalga oshirishning havaskorlari orasida juda katta talabga ega.

1xBet bukmeker haqida asosiy ma'lumotlar

  • Kompaniya 2007 yilda oʻz faoliyatini boshlagan, ohirgi 10 yil ichida litsenziyaga ega boʻlgan va dunyoning koʻplab mamlakatlarida onlayn stavkalarni qabul qila boshladi.
  • Uzoq vaqt mobaynida Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyati uchun ruxsat berilmagan, ammo shunga qaramay yurtimizdan stavkalarning koʻplab havaskorlari 1xBet saytida oʻynaganlar.
  • Kompaniya Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini olib borishi uchun rasmiy litsenziyaga ega emas.

Ba'zi davlatlarda bukmeker faqatgina stavkalarni emas, balki loto, keno va TV‑kazino kabilarni ham taklif qiladi. Avvallari saytda valyuta kursi va boshqa bozor aktivlarining oʻzgarishi boʻyicha stavkalar taklif qilingan.

1xBetning oʻzbek tilidagi sayt versiyasi mavjud, ammo hali koʻp narsalar yurtimizda foydalanish uchun moslashtirilmagan. Masalan, saytda toʻlov tizimlarining roʻyxati koʻrsatilgan betida depozitlarning minimal oʻlchamlari rubl, dollar va evrolarda koʻrsatilgan, soʻmda esa koʻrsatilmagan. Baʼzi bonuslarning qoidalari ingliz yoki rus tillarida yozilgan: hamma hollarda ham bukmekerning saytida oʻzbek tiliga munosib ravishda amalga oshirilgan tarjimalarni topib boʻlmaydi.

Saytdan PK va mobil versiyalar orqali foydalanish mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar bukmekerning rasmiy mobil ilovasini koʻchirib olishlari va undan foydalanishlari mumkin.

1xBet da oʻyinchi 40dan ortiq uslublar yordamida balansni toʻldirish imkoniyatiga ega, ular orasida Visa, MasterCard, Maestro kabilar ham mavjud. Shuningdek, hisobni toʻldirish uchun koʻplab elektron toʻlov tizimlari yoʻlga qoʻyilgan. Oʻyin hisobini ochishni oʻzbek soʻmi orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud.

1xBet da koeffitsientlar

Bukmeker oʻzining yuqori koeffitsientlari bilan barchaga mashhur. Ushbu omilni reklamalar uchun qoʻllaydilar va ish jarayonida namoyish etadilar.

Bunga esa, boshqa bukmekerlik kompaniyalariga nisbatan juda kam miqdordagi qoʻshimcha toʻlov belgilanishi bilan erishiladi.

Futbol

1.2 – 6 %

Xokkey

5.5 – 6 %

Basketbol

4.3 – 6.5 %

Tennis

3.0 – 4.3 %

Har qayerda boʻlgani kabi: oʻyin qanchalik mashhur boʻlsa, u uchun shunchalik kam foizda qoʻshimcha toʻlov belgilanadi. Ekzotik chempionatlar qoʻshimcha narx belgilanishi boʻyicha maksimal darajaga eng yaqin boʻlganlardan biri. Yuqorida keltirilgan holatlar tufayli, raqamlar orasida bu kabi boʻshliqlar yuzaga keladi. Bukmekerlik idorasining oʻrtamiyona oʻyinchisi uchun haqiqiy raqamlar oʻrtacha koʻrsatkichga ega boʻladi.

Bu kabi yuqori darajadagi koeffitsientlarni inobatga olgan holda, oʻyinchilar uchun bukmeker belgilagan qoʻshimcha toʻlovning miqdori bilan bogʻliq boʻlgan turli betting‑strategiyalarni amalga oshirish  bu yerda anchagina osonroq.

1xBet da stavkalar

Yoʻnalishlarni tuzish

1xBet BKning mijozlariga qanday stavkalarni amalga oshirishni tanlashlari uchun hech qanday muammolari yoʻq. Yoʻnalishlarning turlari aytarli darajada keng koʻrsatilgan: top‑ligadagi har bir oʻyin uchun 4000 dan ziyod turli xil stavkalar taklif etiladi, Rossiya Premyer‑ligasining oʻyinlarida esa taklif etilayotgan 1500 – 2000 nafargacha variantlardan biriga, kamroq mashxurlikka ega boʻlgan futbol boʻyicha chempionatlarida esa oʻyin boshlanishiga yaqin vaqt qolganida, har bir uchrashuv boʻyicha 800‑1200 nafar natijalarning koʻrinishlari taqdim etiladi.

Oʻyinlarning miqdoriga kelsak, bu taqvimda belgilangan oʻyinlar soniga bogʻliq. Futbol boʻlimida bir  fasl mobaynida ish kunlari oʻrtacha 1500 nafar oʻyin va dam olish kunlarida esa 2000 ga yaqin oʻyinlar koʻrsatiladi. Xokkeyda – 100 dan 500 nafargacha oʻyinlar, tennisida   50 dan 500 nafargacha turli darajadagi kurashlarni kuzatish mumkin.

Hammasi boʻlib, bukmeker muntazam ravishda 40ga yaqin sport turlari boʻyicha ish olib boradi, baʼzida ushbu roʻyxatda 50 – 60 nafar sport turlarigacha kengayishi mumkin.

1xBet da stavkalarning oʻziga xosligi

Bukmeker stavkalarni amalga oshirish uchun, turli  xildagi qoʻshimcha funksional bilan ishlov berdi. Bu esa jarayonni tezlashtiradi va osonlashtiradi:

  • Stavkalarni bir bosishda amalga oshirish mumkin, bu esa layv holatida, hodisalar izchillik bilan oʻzgarayotgan bir vaqtda juda qulay hisoblanadi.
  • Yoʻnalishlarni oʻziga qulay qilgan holda sozlash imkoniyati mavjud. Masalan, oʻzingiz uchun qiziq boʻlmagan sport turlarini koʻrsatmaslik.
  • Kuponlar bilan ishlash: koeffitsientni koʻtarilishi yoki pasayishini qabul qilish yoki qilmaslik, kuponlarni oʻz hohishiga koʻra sotish, avtostavkalarni amalga oshirish kabilar.
  • Faqatgina ekspresslarnigina emas, balki antiekspresslar, tizimlar va "laki" kabilarni tuzish.

Bu kabi imkoniyatlardan strategiyalar yoki oʻz oʻyinimizni yanada qiziqarliroq qilish uchun foydalanishimiz mumkin.

1xBet BKda Live stavkalar

Live‑tartibida ham stavkalar soni yetarli darajada. Hozirda oʻtkazilayotgan barcha sport musobaqalari taqdim etiladi. Agar, bu kabilar boʻlmasa, bukmeker boʻsh oʻrinlarni ekzotik hodisalar bilan toʻldirib boradi.  Misol uchun, hatto Angry Birdsda oʻyinchi qancha ochkoga ega boʻla olishi haqida stavkalarni amalga oshirish mumkin.

Koʻpgina sport musobaqalari videotranslyatsiyalar bilan ta'minlangan. Tasvir sifati yetarli darajada.

Multi‑Live tartibi ham mavjud. U kotirovkalar, translyatsiyalar va bir qancha sport hodisalarining statistikasini bir vaqtning oʻzida ekranga chiqarib berish imkonini beradi. Layv holatida shiddatli oʻyin vaqtida juda qulay narsa hisoblanadi.

Hulosa

1xBet  bukmekerlik kompaniyasi asosiy jihatlari boʻyicha yuqori bahoga munosib hisoblanadi. Yoʻnalishlarning turfa xilligi va uning koʻrsatib berilishini «a'lo», koeffitsientlarni ham – «a'lo» baho bilan baholash mumkin.

Stavkalar boʻyicha turli xil funksiyalar oʻrinli, ammo bu kabi qulayliklarni koʻplab BKni taklif etadilar  – bahosi «normal darajada». Layv – «yahshi», ushbu holatda sifatli translyatsiyalar,  Multi‑Live tartibi va bir marotaba bosish orqali stavkalarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligi tufayli.