BookmakeRReview
Ta'lim

Sport stavkalarida total: nimani anglatadi va u qanday hisoblab chiqiladi

Sport stavkalarida total: nimani anglatadi va u qanday hisoblab chiqiladi

Maqola mazmuni

Totalga stavka – bu biron‑bir narsaning miqdoriga garov: ochkolar (yutuq hisobi), gollar, eyslar, xatolar, burchak to’plari va hk. Miqdorga stavka qilish ya’ni pul tikish orqali o'yinchi voqealar natijasi to'g'risida xavotirga tushmaydi (kombinatsiya qilib tuzilgan variantlardan tashqari masalan, natija + total, keyinroq bu haqida to’xtalib o’tamiz).

Ba'zan, jamoalar yoki sportchilarning kuchlari teng bo'lganda va natijalar bo'yicha stavkalar va hattoki foralar lotereyaga o'xshash bo'lsa, yordamga total keladi.

Hozirgi paytda bukmekerlar o'z mijozlariga imkon qadar ko'proq turli xil variantlarni taklif qilishga harakat qilishadi. Tajribali o'yinchilar hech qachon faqat natijalarga pul tikish bilan cheklanmaydi. Ular foralarga, totalga, o'yin davomida bo’ladigan aniq voqea va hodisalarga va boshqalarga tikishadi. Bularning ichida total eng ommaboplardan biri hisoblanadi.

Nega ular bunchalik talabga ega? Birinchidan, stavka qilishni ya’ni sport o’yinlariga pul tikishni yoqtiradiganlar ko'p hollarda dinamika va drayvni yaxshi ko'radigan faol sport muxlislari. Dinamika va drayv ayniqsa o’yinlarga gollar, ochkolar, kutilmagan xatolar va boshqa narsalarni olib keladi. Buning sababli siz totalga pul tikishingiz mumkin.

Ikkinchidan, deyarli har qanday sport turida biror narsa miqdorini hisoblashingiz mumkin. Variantlarning ko'pligi, total uchun prognozni nisbatan sodda tarzda tayyorlash (garchi nazariyada bo'lsa ham) va stavkaning oddiy hisoblanishi ushbu turdagi stavkalarga alohida e'tibor berishga     undaydi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, siz turli xil sport turlarida totalga pul tikishingiz mumkin, chunki ularning har biri ba'zi miqdoriy ko'rsatkichlarga ega:

  • Futboldagi gollar soni
  • Tennisdagi eyslar soni
  • Xokkeydagi jarima daqiqalari
  • Basketboldagi to’plangan ochkolar hisobi
Bunday stavkalarning mohiyati biror narsaning miqdorini aniqlanishiga olib keladi. Statistik tahlil va faktlardan foydalangan holda, pul tikuvchi ya’ni stavkachi o'yinning faqat bitta jihatiga e'tiborni qaratadi.

Masalan, "Barselona" futbol klubi har bir o’yinda ham g’alaba qozonavermaydi, ammo deyarli har doim gol uradi. Shu sababli, kapperlar uchun totalga stavka qilish shunchaki tinchroq va xavfsizroq. Bundan tashqari, pul tikish variantlari juda ko'p.

Bukmekerlar totalni qanday belgilashadi 

Bukmeker idoralarida total kamdan‑kam hollarda qandaydir ko'rsatkichlarning aniq soniga stavkani bildiradi. Ko'pincha bukmeker kompaniyasi ma'lum miqdorni belgilaydi va o'z mijozlariga tanlangan ko'rsatkich ushbu qiymatdan ko'p yoki kam bo'lishini taxmin qilishni taklif qiladi. Ba'zan u TK (total ko’p) yoki TO (total oz), ba'zan esa faqat K (ko’p) yoki O (oz) harflari bilan ko'rsatilishi mumkin.

Bunday qisqartmaning yonida har doim aynan shu miqdorni anglatadigan raqam bo'ladi. U butun miqdor sifatida ham, "yarim" ko'rsatkich sifatida ham ko’rsatilishi mumkin.

O'zbek tilida Rus tilida

TK – Total Ko’p (yoki Koʻproq total)

ТБ – Тотал больше (Б – больше)

TO – Total Oz (yoki Kamroq total)

ТМ – Тотал меньше (М – меньше)

Qanday qilib stavkada totalni hisoblash mumkin: misollar

 Futbolda total gollar 

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, futbol uchrashuvida o'rtacha 2‑3 ta gol uriladi. Shu sababli, turli xil bukmeker idoralarida futbol bo'yicha eng ommabop totalga stavka‑ bu Koʻproq total (TK) 2.5 yoki Kamroq total (yoki TO) 2.5.

Raqamdagi yarim (0.5) ko’rsatkich shuni anglatadiki, bunday stavka har doim yutuq yoki mag'lubiyat bilan tugaydi, va hech qachon tikilgan pul hisobingizga qaytmaydi.

Albatta, total 2,5 ta goldan tashqari, boshqa ko'plab miqdoriy ko'rsatkichlar mavjud: bu yerda siz o'yinlarning statistikasiga tayanishingiz kerak. Masalan, "Barselona" yoki "Manchester Siti" ning o'rtacha o'yinlariga stavka qilish paytida siz total 3,5 yoki undan yuqori variantni sinchkovlik bilan ko'rib chiqishingiz kerak, Rossiya Premyer ligasida esa ba'zida TO 1.5‑ga stavka qilishni o’ylab ko’rish maqsadga muvofiqdir.

Total 2,5ni hisoblash misoli

Totalga stavkalar qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun ularning har bir varianti uchun misollar keltiramiz.

Ispaniyaning "Atletiko" ‑ "Valensiya" o'yini 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Bunday holda, ТK 2.5 ga (total ko'p) stavkasi yutqazdi va TO 2.5 stavkasi yutdi, chunki raqiblar jami ikkita gol urishdi (bu 2,5 dan oz). Hammasi sodda va tushunarli.

Total 3ni hisoblash misoli 

Yuqorida aytib o'tilganidek, total butun son ham bo'lishi mumkin. Ikkita o'yin misolidan foydalanib, Koʻproq total 3 / Kamroq total 3 stavkasining bir variantini olaylik:

1) Uotford 1‑2 Chelsi 

2) Manchester Yunayted 3‑1 Brayton

Birinchi holda, ikkala stavka ham (Koʻproq total 3 va Kamroq total 3) yutmaydi va yutqazmaydi, chunki aynan uchta gol urilgan: o’yinchiga puli qaytib keladi. Ikkinchi holda, TK 3 stavkasi yutadi va TO 3 yutqazadi.

Xokkeydagi shaybalar va basketboldag ochkolar totali

Gollar / shaybalar / ochkolar soni va boshqalar barcha jamoaviy sport turlarida total sstavkasining asosi hisoblanadi. Va uning mohiyati futbol bilan bir hil. Faqat raqamlar farq qiladi.

Masalan, agar siz xokkeyda futbolga xos bo'lgan TK / TO 2.5 o'rniga, bu yerda siz tez‑tez KXL uchun TK / TO 4,5 va MXL uchun 5,5 uchratishingiz mumkin. Agar biz basketbol haqida gapiradigan bo'lsak, MBA (Milliy Basketbol Assotsiyatsiyasi – NBA‑ingliz tilida) haqida gapiradigan bo'lsak, o'rtacha har bir o'yinda to'plangan ballar soni yuzdan, hatto ikki yuzdan oshadi. Bukmekerlar bularning barchasini iloji boricha eng yaxshi usulda hisoblab, har xil variantlarni taklif qilishadi, unda har kim o'zi uchun eng mos variantni tanlashi mumkin.

Xokkeyda total 5.5 ga stavkani hisoblash misoli

Misol qilib, 5:2 hisobida yakunlangan MXL Vinnipeg Jets ‑ Minnesota Uayld o'yinini olsak.

Bunday holda, TK 5.5 stavkasi yutadi va TO 5.5 stavkasi  yutqazadi, chunki jamoalar umumiy qilib 7 ta shayba kiritishgan.

Tennisdagi geymlar / setlar totali 

Tennisda siz, masalan, set va geymlarnin totaliga pul tikishingiz mumkin. Birinchi holda, ikkita tennischi o'ynagan geymlarning umumiy soni, ikkinchisida – partiyalar soni, har bir set qancha geymdan iborat bo’laganidan qat’iy nazar.

Yiliga ko'plab turnirlar uchta set formatida o'tkazilganligi sababli, ko'pincha tennisda bukmekerlar TO yoki TK 2.5 setlar va TK / TO 20.5 geymlarini taklif qilishadi. Ammo, tennisda, futbol va boshqa jamoaviy sport turlaridan farqli o'laroq, totalga stavka qilishda e’tiborliroq bo'lishingiz kerak.

Shaxsiy sportchilar o'yinidagi tendentsiyalarni kuzatib borish, ularning statistikasini o'rganish, o’yin maydoni turini hisobga olish va shundan keyingina ma'lum bir variantni tanlash tavsiya etiladi. Koeffitsient bo'yicha partiyalar soni totaliga stavka qilish ko'pincha foydalidir.

Stavkani qanday hisoblash mumkin?

Tennis tarixiga kirgan Londonda bo’lib o’tgan final turnirida Rafael Nadal va Daniil Medvedev o’zaro to’qnash kelishdi. Bu o’yinda ispaniyalik tennischi 6:7 6:3 7:6 hisobida g’alaba qozondi.

Ma'lum bo'lishicha, sportchilar uchta set va 35 ta geym o'tkazishgan. Shuning uchun, ТK 2.5 setlarga stavka va ТK 20.5 geymlar g'alaba qozondi, TO 2.5 setlar va TO 20.5 geymlarga qilingan stavka o’tmadi.

Burchak to’palri, jarima daqiqalari va boshqalar

Shuningdek, total stavkalar hisoblanishi mumkin bo'lgan boshqa futbol ko'rsatkichlarida ham mavjud. Masalan, burchak zarbalari soniga pul tikish o'yinchilar orasida mashhurdir. Qonun‑qoidasi gollarniki bilan bir xil. Bukmekerlar 6.5 yoki 8.5 kabi qiymatlarni taklif qilishadi va o'yinchilar ushbu raqamning "ko’proq" yoki "kamroq" qiymatiga pul tikishadi. Shu bilan birga, futbol faqat burchak to’pi bilan cheklanmaydi, sariq kartochkalarga total stavkalar, darvozaga zarbalar, ofsayd va boshqa ko'p narsalarni taklif qiladi.

Xokkeyda bu total jarima daqiqalari, tennisda ‑ eys, basketbolda ‑ ikki yoki uch ochkoli zarbalar, jarimalar, boksda ‑ raundlar, nokdaunlar va boshqalar. Ba'zan qandaydir jamoa yoki sportchi tomonidan amalga oshiriladigan ushbu ko'rsatkichlar aniq natijani topishga qaraganda haqiqiyroq tuyuladi. Bunday holda, total stavka yordamga keladi.

Individual total

Yana bir mashhur variant ‑ bu individual total stavkasidir. Bu jamoalardan biri uchun ham, aniq bir o'yinchi uchun ham ochko / gollar soni va boshqa narsalar bo'lishi mumkin. Hatto bir futbol o'yini doirasida ham "Barselona" ning gollari soniga ham, Lionel Messining gollar soniga ham tikishingiz mumkin.

Tennisda bu sportchilarning biri uchun individual geymlar totali(yutilgan geymlar soni) yoki uning shaxsiy eysi bo'lishi mumkin. Bunday stavkalar unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan o’yinlada ancha as qotadi. Ivo Karlovich yoki Jon Isner g'alaba qozonadimi yoki mag’lubiyatga uchraydimi buni ahamiyati yo’q, chunki ular 15‑20 eysni bajarishiga stavka qilish mumkin.

Stavkani qanday hisoblash mumkin?

Masalan, Evro‑2020 futbol saralashidagi Angliya ‑ Kosovo (5:3) uchrashuvini olaylik. Futbolning ajdodlari "Uembli" da yorqin va chiroyli o'yinda ishonchli tarzda g'alaba qozonib, raqib darvozasiga beshta gol urishdi.

Ammo bularning barchasi muhim emas, chunki siz Kosovo terma jamoasining individual totaliga yani 1,5 dan ko’proq gol urishiga tikgansiz (bukmekerlarda u Individual total 2 ko’p 1.5 sifatida ko'rsatiladi). Bolqonlar uchta gollarini urishdi va Angliya qancha gol urishidan qat'i nazar, sizga g'alaba keltirdi.

Natija + Total

Ko'pgina sport turlarida qo'llaniladigan natija + total kabi kombinatsiyalangan stavkaning  varianti haqida ham qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ushbu stavka aniq favoritlar va aniq autsayderlar mavjud bo'lganda juda foydali.

Masalan, futbolda bukmekerlar favorit g'alaba qozonishi va hatto ko'p gol urishi kerakligini tushunishadi. Uchrashuvning natijasi va totalga alohida stavka qilish bu holatda juda kichik koeffitsient beradi. Ammo natijani va totalni birlashtirib, xavf darajasini juda oshirmasdan, yanada qulay koeffitsient bilan stavka qilish mumkin.

Bunday stavkalar ko'pincha tennisda ham yordam beradi. Natija + totaldan foydalanish mumkin, masalan, o’yinni cho’zib o’tirishni yoqtirmaydigan va raqibni tezda yutadigan favorit kortga chiqqanida.Yoki raqiblarning kuchlari sal‑pal tengligini ko'rsangiz, lekin baribir tennischi A g'alaba qozonishi kerakligini tushunsangiz, bu holda G’1 (Birinchi o’yinchi, yani A o’yinchi) yana ТK variantiga stavka qilib, omadingiz kelib yaxshi jekpotni urishingiz mumkin.

Stavkani qanday hisoblash mumkin?

Kreml kubogi‑2019 yarim finalida charchagan Anastasiya Pavlyuchenkova chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi o'yinni atigi uch setda 6:4 6:7 6:1 hisobida yutdi.

Ma'lum bo'lishicha, Nastyaning charchash omilini hisobga olib nafaqat G’1 ga, balki G’1 + ТK 20.5‑ga pul tikganlar eng katta g'olib bo'lishgan, chunki o'yinning totali 30 ta geymni tashkil etgan.

Sport stavkalarida total: nimani anglatadi va u qanday hisoblab chiqiladi

Totalga stavka bo’yicha strategiya va maslaxatlar

Oddiy va ishonchli variantlar 

Total stavkasiga chuqur berilib ketib adashib ketmaslik uchun oddiyrog’idan boshlash kerak. Agar siz futbolga pul tikmoqchi bo’lsangiz, avvalambor ТK/ТO 2,5 gollarga stavka qilishdan boshlang. Bundan keyingina totalning statistik ko’rsatkichlari va jamoalar va sportchilarning individual ko’rsatkichlariga eksperiment ravishda stavka qilib ko’ring. Bu boshqa jamoaviy sport turlariga ham taaluqli.

Agar sizga tennis yoqsa, boshida geymlar totaliga stavka qilib ko’ring, sekin‑sekin o’rganib olganingizdan keyin boshqa variantlarga ham o’tsangiz bo’ladi.

Statistikaga tayanish 

Har qanday stavkani tanlashda statistika doimo yordamga keladi. Ammo totalga stavka qilishda  statistika ajralmas yordamchiga aylanadi. Ushbu turdagi sport stavkalarida o'yinchining didi hech qanday imtiyozlarga ega emas. Totalda muvaffaqiyatli o'yin ‑ bu tafsilotlarni, kamchiliklarni diqqat bilan o'rganish, oldingi natijalar va janglarni chuqur tahlil qilishdir.

Bularning barchasidan qo'rqmang. Avvaliga, bu haqiqatan ham qiyin bo'lib tuyulishi mumkin, ammo sodir bo'layotgan narsalarning mohiyatini chuqurroq o'rganib chiqsangiz, o’z yo’nalishingizni topish osonroq bo'ladi.

Eng muhimi shundaki, raqamlar bilan ishlashni va ular asosida to'g'ri xulosalar chiqarishni o'rganibgina, sport stavka qilishning ushbu yo’nalishida barqarorlikka erishishingiz mumkin. Darhaqiqat, natijalar bo'yicha sensatsiyalar yuzaga kelgan uchrashuvlarda ham, asosiy statistik tendentsiyalar (o'yin jarayoni), qoida tariqasida, o'z kuchini saqlab qolmoqda.

Sharhlar

0

Yana mavzu bo'yicha

Bittalik va ekspress sportga stavkasi nima degani?
Ta'lim
Bittalik va ekspress sportga stavkasi nima degani?
Futboldagi gollarga stavkalar: qanday qilib pul tikish va o'yinlarni qanday tanlash kerak
Ta'lim
Futboldagi gollarga stavkalar: qanday qilib pul tikish va o'yinlarni qanday tanlash kerak
Ro'yxatdan o'tish uchun bonuslar va faqat bu emas: bukmeykerlar yangi o'yinchilarni qanday jalb qilishadi
Ta'lim
Ro'yxatdan o'tish uchun bonuslar va faqat bu emas: bukmeykerlar yangi o'yinchilarni qanday jalb qilishadi
Pullik va bepul prognozlar: farq nimada va unga pul to'lashga arziydimi?
Ta'lim
Pullik va bepul prognozlar: farq nimada va unga pul to'lashga arziydimi?
Nega bukmeykerlar haqidagi sharhlar yolg‘on bo‘lishi mumkin?
Ta'lim
Nega bukmeykerlar haqidagi sharhlar yolg‘on bo‘lishi mumkin?
Fora stavkada nimani anglatadi va yutuq qanday hisoblanadi?
Ta'lim
Fora stavkada nimani anglatadi va yutuq qanday hisoblanadi?
Turli oʻyin turlarida layv-stavkalar boʻyicha strategiyalar qay tarzda ishlaydi
Strategiyalar
Turli oʻyin turlarida layv-stavkalar boʻyicha strategiyalar qay tarzda ishlaydi
Sport stavkalarida flet: bu nima va qanday qilib strategiyadan foydalanish kerak
Strategiyalar
Sport stavkalarida flet: bu nima va qanday qilib strategiyadan foydalanish kerak

Barcha materiallar

11