BookmakeRReview
Ta'lim

Bittalik va ekspress sportga stavkasi nima degani?

Bittalik va ekspress sportga stavkasi nima degani?

Maqola mazmuni

Bittalik va ekspress – bu bukmekerlar mijozlari orasida eng mashhur ikki turdagi stavkalar. Ularga qo'shimcha ravishda, ba'zi bukmeker idoralarida topish mumkin bo'lgan va boshqalarida yo'q alternativ variantlar mavjud. Ammo bu ikkitasi har bir bukmeker idorasida bo’lishi shart.

Ular bir‑biridan nafaqat stavka tuzilishi, balki stavkachi foydalanishi kerak bo'lgan prognoz qilish yo’li bilan ham ajralib turadi. Bundan tashqari, ko'plab strategiyalar faqat bitta turga asoslangan va boshqasiga umuman yaroqsiz. Hammasi haqida birma‑bir tushuntirish berib o’tamiz.

Bittalik sport stavkasi

Bittalik (rus tilida: ординар, одинар) – bittalik stavka. Bu barcha stavkalarning ajdodi va bugungi kunda ham eng mashhur hisoblanadi. «Bittalik garov» nomi o'z‑o'zidan bu bitta sport uchrashuvining mumkin bo'lgan natijalasiga bitta stavka degani.

Bunday stavkani tanlayotib, bukmeker kompaniyasi bilan biron bir voqea sodir bo'ladimi yoki yo'qmi deb bahslashasiz. Va stavkaning muvaffaqiyati faqat bitta voqeaga bog'liq bo'ladi.

Keling, bir misol keltiraylik. Deylik, biz «Paxtakor» – «Navbahor» futbol uchrashuvini ko'rishga qaror qildik. Sizningcha, Paxtakor g'alaba qozonadi va g'alabasiga pul tikishga qaror qildingiz. Bukmekerlar saytiga o'tdingiz, poytaxt jamoasining g'alabasiga stavkani tanladingiz va uni tasdiqladingiz. Bu bittalik stavka – siz summani bitta aniq natijaga - «Paxtakor» ning g'alabasiga tikdingiz.

Qandaydir jamoa g'alaba qozonishi uchun pul tikish bilan bir qatorda, bukmekerlar tomonidan taklif qilingan har qanday voqeaga pul tikishingiz mumkin: birinchi bo'limda g'alaba qozonish, aniq gollar soni, uchta yoki undan ko’p va kam gol urilishi va hokazo. Umuman olganda, agar sizning pul tikish kuponingiz bitta mumkin bo'lgan natijani o'z ichiga olsa, bu bittalik stavka hisoblanadi.

Bukmekerlar nafaqat o'yinlar natijalariga, balki boshqa qiziqarli hodisalarga, masalan, futbolchining boshqa jamoaga o’tishi, murabbiyning ishdan bo'shatilishi, jamoaning turnirdagi g'alabasi yoki musobaqaning keyingi bosqichiga chiqishi kabi garovlarni taklif qilishlari mumkin.

Bittalik stavkada yutuq qanday hisoblanadi

Har bir bukmeker stavkasi koeffitsientga ega. Agar siz stavkani yutsangiz, pul tikish miqdori unga ko'paytiriladi. Masalan, 1,50 koeffitsientli hodisa bo'lib, bizning stavkamiz 25000 so‘mni tashkil qiladi.

Hisoblaymiz:

  1. 25000 x 1.50 = 37500 so’m
  2. 37500 – 25000 = 12500 (stavkadan tushgan foyda)

Qanchalik koeffitsient katta bo’lsa, shuncha katta miqdorda potentsial yutuq bo’ladi. Ammo, yutqizish xavfi ham shunday tezlikda oshadi.

Misol uchun, 3.50 koeffitsientga tikilgan 25000 so’m yutuqqa erishsa 87500 so’mga aylanadi. Lekin koeffitsient 3.50 stavka muvaffaqiyatga erishishi uchun atigi 27% imkoniyati borligini anglatadi.

«Ekspress» turiga stavka

Bir qarashda, ekspress stavkalar juda chalkash va tushunarsizdek tuyuladi. Ammo amalda siz ularga bemalol ko'nikishingiz mumkin va ko'plab yangi stavkachilar tezda ekspressga pul tikishga o’tib olishadi.

Ekspress – bu bir nechta bittalik stavkalardan tashkil topgan kombinatsiyalangan stavka turidir. Bitta voqea  bu bittalik stavka, ikkita yoki undan ko'pi, bitta stavkaga qo'shilib, ekspress hisoblanadi.

Keling, bizning misolimizga qaytaylik. Siz “Paxtakor” g’alabasi uchun pul tikdingiz. Sizning o'rtog'ingiz siz bilan rozi, u ham “Paxtakor” g'alabasiga pul tikdi. Ammo u bunga “Valensiya” ga qarshi o'yinda “Real” ga stavka qo'shdi. Bitta bukmeker kuponida birlashtirilgan ikkita garov ekspress hisoblanadi.

 “Paxtakor” g’alaba qozondi va sizning stavkangiz o’tdi va yutuqni olib ketishingiz mumkin. Ammo, do’stingiz “Real” o’z o’yinini yutshini kutishi kerak bo’ladi. Shunday holda uning stavkasi muvaffaqiyatli bo’ladi. Agar “Real” yutqazsa ekspress stavka ham yutqazadi, hatto birinchi stavka muvaffaqiyatli bo’lganiga qaramay.

Ekspress faqatgina unga kiritilgan barcha garovlar g’alaba qozonganda yutuqli hisoblanadi. Bu 2 ta stavka yoki hatto 25 ta stavka bo'lishi ham mumkin – bu sizning xohishingizga va siz o'ynaydigan bukmeker idorasi qoidalariga bog'liq. Asosiysi, ekspressga kiritilgan 25 ta hodisalar hammasi o’ynasa bo’ldi.

Ekspressda yutuq qanday hisoblanadi

 “Ekspress” turidagi stavkadagi yutuq summasi bittalik stavka turidagidek hisoblanadi – stavka summasi garov koeffitsientiga ko’paytiriladi.

Ammo, ekspress bir nechta hodisalardan iborat bo’ladi va uning koeffitsienti ularda kelib chiqilgan holda tuziladi. Buning uchun, ekspressdagi hamma stavkalar koeffitsienti bir biriga ko’paytiriladi.

Bizda uchta hodisaning ekspressi bor deylik, ularning har birining koeffitsienti 1,50 ga teng. Avvalo, biz ekspress stavkaning umumiy koeffitsientini hisoblaymiz. Buning uchun biz ekspressga kiritilgan barcha koeffitsientlarni ko'paytiramiz, bizda 1,50 koeffitsientli uchta hodisa mavjud:

1.50 х 1.50 х 1.50 = 3.30 – bizning ekspressning koeffitsienti shunday ko’rinishda bo’ladi. Qancha pul yutib olish mumkinligini hisoblash uchun tikilgan summani ushbu koeffitsientga ko’paytiramiz – agar ekspressdagi barcha hodisa va o’yinlar omadli kelsa, bu yakuniy yutuq hisoblanadi.

Bittalik stavkaning va ekspressning afzallik va kamchilik tomonlari

Bittalik va ekspress sportga stavkasi nima degani?

Ushbu stavka turlari afzallik va kamchilik tomonlari haqida to’xtalib o’tamiz. Bittalik stavkaning o’z afzal tomonlari bor:

  • Siz faqat bitta bo'lajak uchrashuvni tahlil qilishingiz kerak bo’ladi.
  • Stavkani hisoblash tezroq bo'ladi, chunki barcha voqealar tugashini kutishning hojati yo'q.
  • Bittalik stavka uchun garov cheklovlari odatda ekspress stavkalariga qaraganda yuqoriroq.
  • Boshqa o'yin turlariga qaraganda «past baholangan koeffitsient» ni topish ehtimoli yuqori.

Bittalik stavkaning asosiy kamchiligi past koeffitsientdir. Ya'ni, odatda sizning nuqtai nazaringizdan kelib chiqadigan natijada past koeffitsient taklif qilinadi, bu esa ushbu stavkaga bo’lgan qiziqishni kamaytiradi.

Ekspresslarning afzalliklari odatda bittalik stavkalar kamchiliklarini o’rnini bosadi:

  • Bir nechta stavkalardan yuqori koeffitsient to'plash imkoniyati. Oddiy qilib aytganda: 1,20 koeffitsientli uchta yoki to'rtta hodisani (ya'ni g'alaba qozonish ehtimoli yuqori bo’lgan stavkalarni) bitta stavkaga qo'shib qo'yish.
  • O'rtacha usul bilan, agar siz haqiqatdan yiroq koeffitsientlarni ta'qib qilmasangiz, sport tahliliga emas, balki bukmekerlar kotirovkalariga tayanishingiz mumkin. Bu yangi stavkachilar uchun stavkani osonroq va qulayroq qiladi.
  • Ba'zi bukmekerlik idoralarida ekspress barcha hodisalar tugashidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar uning ichidagi bir nechta stavkalar yutib chiqilgan bo'lsa.
  • Ko'plab bukmekerlar ekspress stavkalarni yaxshi ko'radigan o'yinchilar uchun turli tanlovlarni tashkil qilishadi, unda siz qimmatbaho moddiy sovg'alarni ham, bukmekerlik kompaniyasidan barcha turdagi bonuslarni ham yutib olishingiz mumkin.

Ekspressga stavkaning asosiy kamchiligi – unda juda ko’p hodisa va o’yinlar birdaniga bo’lib o’tadi, bu esa o’z o’rnida yutuq ehtimolini kamaytiradi. Agar sizga 1.10 koeffitsientga ega bo’lgan 5‑6 ta favoritlarga bitta ekspressda stavka qilish yaxshi fikrdek tuyulsa, birinchi bo’lib xabarlar lentasini o’qib ko’ring, Har kuni sport olamida sensatsiyalar bo’lib turadi, yaqqol favoritlar ham anderdoglarga yutqazib turadi. Bunday sensatsiyalardan biri sizning ekspressingizga to’g’ri kelib qolishi mumkinligini e’tiborga olish kerak.

Shuningdek, birlashtirilgan stavkalar o'yinchining tartibiga yaxshi ta'sir ko'rsatmaydi: siz ekspress to'plaganingizda, unga yana bir «aniq» (o'ylaganingizcha) hodisani qo'shish xohishi paydo bo'ladi. Ko'pincha, aynan shunday stavkalar o'yinchilarga pand beradi.

Bukmeker liniyasida ekspress‑natijalar 

Ko'plab bukmeker idoralari o'zlarining liniyalarida «ekspress -natijalar» ni taklif qiladi. Aslida, bu birlashtirilgan stavka. Ammo bu bittalik stavka bo’lib ishlaydi.

Ya'ni bitta ekspress‑natijani tanlab, o'yinchi bittalik stavkani amalga oshiradi. Bundan tashqari, natijaning o'zi bir nechta hodisalardan iborat bo’ladi. Masalan, «Bokschi nokdaun holatiga tushib qoladi, ammo nokaut bilan g'alaba qozonadi». Bu boks musobaqasidagi ikki xil hodisa, ammo ular bitta stavka sifatida xizmat qiladi. Shunga ko'ra, bunday garov uchun koeffitsient boshqa ko'plab bittalik garovlarga qaraganda ancha yuqori bo'ladi.

Ammo, agar siz ushbu jang liniyasida «A bokschi nokdaunda bo’ladi « va «A bokschining g'alabasi» natijalarini topsangiz va birlashtirsangiz, unday holda bu ekspress bo'ladi. Agar, albatta, bukmeker bunga imkon bersa: ba'zi bukmekerlar veb‑saytlarida, bitta o'yinda hodisalardan ekspress to'plash mumkin emas.

Sharhlar

0

Yana mavzu bo'yicha

Futboldagi gollarga stavkalar: qanday qilib pul tikish va o'yinlarni qanday tanlash kerak
Ta'lim
Futboldagi gollarga stavkalar: qanday qilib pul tikish va o'yinlarni qanday tanlash kerak
Ro'yxatdan o'tish uchun bonuslar va faqat bu emas: bukmeykerlar yangi o'yinchilarni qanday jalb qilishadi
Ta'lim
Ro'yxatdan o'tish uchun bonuslar va faqat bu emas: bukmeykerlar yangi o'yinchilarni qanday jalb qilishadi
Pullik va bepul prognozlar: farq nimada va unga pul to'lashga arziydimi?
Ta'lim
Pullik va bepul prognozlar: farq nimada va unga pul to'lashga arziydimi?
Fora stavkada nimani anglatadi va yutuq qanday hisoblanadi?
Ta'lim
Fora stavkada nimani anglatadi va yutuq qanday hisoblanadi?
Sport stavkalarida total: nimani anglatadi va u qanday hisoblab chiqiladi
Ta'lim
Sport stavkalarida total: nimani anglatadi va u qanday hisoblab chiqiladi
Turli oʻyin turlarida layv-stavkalar boʻyicha strategiyalar qay tarzda ishlaydi
Strategiyalar
Turli oʻyin turlarida layv-stavkalar boʻyicha strategiyalar qay tarzda ishlaydi
Sport stavkalarida flet: bu nima va qanday qilib strategiyadan foydalanish kerak
Strategiyalar
Sport stavkalarida flet: bu nima va qanday qilib strategiyadan foydalanish kerak
Sport o`yinlariga pul tikishda moliyaviy strategiyalar: ularning shakli va ishlash tarzi
Strategiyalar
Sport o`yinlariga pul tikishda moliyaviy strategiyalar: ularning shakli va ishlash tarzi

Barcha materiallar

10