Sport o`yinlariga pul tikishda moliyaviy strategiyalar: ularning shakli va ishlash tarzi
Maqola mazmuni
Bukmekerlik idoralarida o`yin faoliyatini boshlagan ko`pchilik yangi ishtirokchilar birinchi navbatda turli xildagi o`yinga yondoshuv shakllariga e`tibor qaratadilar shuningdek, o`zlarinig muayyan sport turi bo`yicha mahorat va qobiliyatlarini baholaydilar. Buning natijasida o`yinning moliyaviy modelini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish ikkinchi darajaga tushib qoladi. Ayni paytda sport o`yinlariga pul tikishda moliyaviy strategiyalardan kerakli bilimlarsiz foydalangan holda foydada qolish imkoniyati mavjud emas. aniq algoritm va tizimsiz garov summasini belgilash pul tikuvchi uchun o`yin bankini yo`qitish xavfini tug`diradi.
O`yinning moliyaviy strategiyasini qanday tanlash kerak
Moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish o`yinlarda katta miqdordagi pul yutqazishni chetlab o`tishga yordam beradi. Dov tikish jarayonlari uchun dunyoda qator moliyaviy strategilar ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda. Ma`lum bir moliyaviy modelni tanlash ikkita muhim vazifaga tayangan holda amalga oshiriladi.
- Pul tikivchi o`yin strategiyasining alohida xususiyatlarini hisobga olish
Bunda o`yinning o`yin hamda moliyaviy modella birlashtirilgan bo`lib, o`yinchilar pul tikish uchun koeffisiyentlarning muayyan diapazoni, turli xildagi dov shakllari hamda ularning sonidan foydalanadilar. Bunday sharoitlarda har doim ham bir xil moliyaviy strategiya ish bermaydi.
- Pul tikuvchining shaxsiy xususiyatlari
Sport o`yinlariga dov tikishda psixologiya muhim ahaiyatga bo`lgan rol o`ynaydi. O`yinchi o`zini yuqori darajada qulay his qilishi hamda ortiqcha stressdan saqlanishi lozim. Moliyaviy strategiyalar orasida tavakkalga boy hamda o`ta agrressiv turlari mavjud. O`zingizning psixologik xususiyatlaringiz hamda xarakteringiz kuchi bilan bunday strategiyalarni chetlab o`tishingiz hamda ehtiyotkorona modellarni tanlashingiz mumkin.
Flet
Yangi, shuningdek, tajribali o`yinchilar orasida birmuncha ommalashgan moliyaviy strategiyalardan biri. Mazkur strategiya asosida o`yin bankining 1‑5% diapazonida bo`lgan stavkalarning yagona miqdori yotadi. O`yinchi o`zi uchun har bir dovga bir xil foiz stavkalarini tanlaydi shu bilan birgalikda bahsning natijasi qanday bo`lishidan qat`I nazar har bir keyingi hodisalarda aynan shu foiz stavkasini qo`llaydi
Oskar Graynd strategiyasi
Mazkur nazariya dov tikishda muntazam ravishda bir qator yutuqlar va yo'qotishlar kuzatiladi degan tushunchalarga asoslanadi. O`yinchi yutuqlar seriyasiga erishgan paytda dov summasini ikki barobarga oshiradi hamda yutqazishlar davrida hech narsani o`zgartirmaydi.
Oskar Graynd strategiyasi bo`yicha o`yinning asosiy qoidalari:
- O`yinnning asosiy banki shunday nisbatlarda teng bo`linishi kerakki, keyinchalik o`yinchida yana 10 ta bir xil miqdordagi dovni amalga oshirish uchun imkoniyati bo`lishi lozim.
- Agar dov o‘tmasa, keyingi hodisaga belgilagan asosiy foiz miqdorida bahs tuzamiz.
- Yutuqqa erishilgan holatda keying bahs uchun dov miqdorini ikki barobarga oshiramiz.
- Dov tikish uchun koeffitsienti 2.00 va undan yuqori bo`lgan hodisalarni tanlaymiz.
- Agarda sof foyda bizning asosiy garovimizga teng yoki undan oshib ketadigan bo'lsa, O`yin davrasini yakunlaymiz va yangisini boshlaymiz.
- Uch marotaba ketma‑ket bahslar yutilgan taqdirda keyingi bahsda dov miqdorini ikki barobar oshirmaslik lozim.
Misol uchun, bizning ixtiyorimizda 250 ming so`m bo'lgan o'yin banki mavjud. Ushbu bankrolni 10 ta teng qismga bo`lamiz va 25 ming so`m asosiy dov miqdorini olamiz. Ushbu miqdor har bir davrada daromad olish uchun minimal maqsadi bo`lib hisoblanadi. Ehtimol, birinchi davraning o`zidayoq g'alaba qozonish va daromad olish mumkin bo'ladi. Bundan yangi davra boshlanishi kerakligini xulosa qilish mumkin.
Davra raqami | Dov summasi | Natija | O`yin bankidagi o`zgarishlar |
---|---|---|---|
1 |
25 000 |
Mag`lubiyat |
225 000 |
2 |
25 000 |
Mag`lubiyat |
200 000 |
3 |
25 000 |
Mag`lubiyat |
175 000 |
4 |
25 000 |
Yutuq |
200 000 |
5 |
50 000 |
Mag`lubiyat |
150 000 |
6 |
50 000 |
Mag`lubiyat |
100 000 |
7 |
50 000 |
Yutuq |
150 000 |
8 |
100 000 |
Yutuq |
250 000 |
9 |
200 000 |
Yutuq |
450 000 |
Jadvaldan ko’rib turibmizki besh mag’lubiyat va to’rtta yutuqli holatda davralar 200 ming so`mli sof foyda bilan yakunlandi. Shunga qaramay Oskar Graynd strategiyasini qo’llashda jiddiy tavakkalni holatlar mavjudligini inobatga olish lozim.
Sport o’yinlarida pul tikishda Miller moliyaviy menejmenti
Mashhur gandikaper Djorj Miller Amerika futbolida pul tiyishda erishgan yutuqlari bilan tanilgan. U sport o’yinlarida pul tikishga bag’ishlangan qator kitoblar muallifi bo’lib, o’zining o’yin modelining ishlab chiqqan.
Miller strategiyasi asosan o‘yin koefitsienti 1.90 dan yuqori bo‘lgan bahslarga dov tikadigan va masofadagi garovlarning 53% dan ko'prog'ini yutadigan o'yinchilarga mos keladi. Mazkur yondoshuv asosida ikki asosiy tushuncha yotadi.
- Har bir hodisaga o‘yin bankining 1‑2% miqdorida dov tikish lozim.
- O‘yin banki miqdori 25%ga o’tgandan so’ng jami pul miqdorini qayta hisoblab chiqish va yana 1‑2 % miqdorda dov tikish lozim.
Masalan o‘yinchida 250 ming so`m bankroll mavjud va u har bir hodisaga 1 % belgilangan bazaviy stavkada 2500 so`mdan dov tikadi, keyinchalik o`yin bankining umumiy miqdori 312 500 so`mga yetishi bilan yana 1 %li stavkada 2562.5 so`mdan dov tikishni davom ettiradi. 2 % li stavkadam xuddi shu kabi strategiya qo`llaniladi.
D`alamber strategiyasi
Ko`pchilik sport o`yinlariga pul tikish taktikalari singari D`Alamber strategiyasi ham bu sohaga kazinolar olamidan kirib kelgan. Boshqa bir strategiyalardan farqli o`laroq mazkur moliyaviy model bir necha mag`lubiyatli seriyalardan keyin ham o`yin bankini tezda yo`qotish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
D'Alember strategiyasining mohiyati shundan iboratki, o`yinchi garovni yutqazgandan keyin dov tikish miqdorini bir pog'onaga oshiradi va yutuqqa erishgan taqdirda garov miqdorini bir pog'onaga kamaytiradi. Pog`ona ‑ bu bankrollning belgilangan foizidir (tajribali o'yinchilar 1% dan foydalanishni maslahat berishadi).
Masalan, o`yinchi ixtiyorida 250 ming so`m o`yin banki mavjud. Mazkur summaning 1% miqdori 2500 so`mga tengdir. Quyida keltirilgan jadvalda har bir hodisa uchun koeffitsient 3.00 bo`lgan holatda bankroll bilan nima sodir bo`lishini ko`rib chiqamiz.
Davra raqami | Dov summasi | Natija | O`yin bankidagi o`zgarish |
---|---|---|---|
1 |
2500 |
Mag`lubiyat |
247 500 |
2 |
5000 |
Mag`lubiyat |
242 500 |
3 |
7500 |
Mag`lubiyat |
235 000 |
4 |
10 000 |
Yutuq |
255 000 |
Ko`rinib turganidek, bog`langan 4 bahsning bittasi davrada 5000 so`m miqdorda foyda keltiradi.
D`Alamber strategiyasi bilan o`yinlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun koeffitsienti 3.00 va undan yuqori turadigan hodisalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ko’pchilik o‘yinchilar uchun bunday kotirovkalarda o’ynash psixologik jihatdan og’ir kechadi chunki, dov o’tishlari yuqori bo’lmaydi va ko‘pincha yutuq chiqish jarayoni uzoq vaqt talab etadi.
Aniqlangan foyda
Mazkur moliyaviy menejment metodi har hodisa uchun dov miqdorini aniqlash prinsiplari ichida ommabop metodlardan biri bo’lib hisoblanadi. Tizimning mohiyati shundan iboratki, o‘yinchi har bir dovdan foydaning yagona miqdorini aniqlaydi. Asosiysi, koeffitsienti 1.50 yoki 2.00 bo‘lishidan qat’iy nazar har bir yutilgan dovdan bir xil miqdorda foyda olish.
Tajribali bettorlar foydani aniqlashda o`yin bankining 3‑5 % miqdorida 1.30 dan past bo`lmagan va 5.00dan yuqori bo`lmagan koeffitsientlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu ortiqcha tavakkalga va o`yin bankining to`liq yo`qotilishiga olib kelishi mumkin.
Dov summasi quyidagi formula orqali hisoblanadi: S=W/(k‑1)
Bu yerda:
- S – summa;
- W – kutilayotgan foyda (yutuqning foizi);
- k – koeffitsient.
Masalan, o'yinchi o'zi uchun o`yinchi aniqlangan foyda miqdorini 5% etib belgiladi. Umumiy o'yin banki 250 ming so`mni tashkil etadi. Shunga ko'ra, har bir pul tikishdan 12500 so`m miqdorida foyda olishni rejalashtirish kerak. Tanlangan hodisa uchun koeffitsient miqdori 1.5 ga teng. Barcha ma`lumotlar formula orqali hisoblab chiqilganda gov hajmi 16650 so`m ekanligi ma`lum bo`ladi.
Sharhlar
0