BookmakeRReview

Bukmekerlik idorasi Parimatch: sayt obzori

Bukmeker Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini olib borishi uchun litsenziyaga ega emas

«Parimatch» bukmekeri haqida umumiy maʼlumotlar: stavkalar, koeffitsientlar va live‑xizmat

  • «Parimatch»  1994 yilda Kiyevda tashkil etilgan.
  • Hali kompaniya Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini olib borish uchun rasmiy litsenziyaga ega emas.
  • Oʻzbekistondagi sayt: pmbet.uz

Hozirda bukmeker dunyoning oʻndan ziyod mamlakatlarida oʻz ish faoliyatini yuritmoqda. Bir sutka mobaynida bukmekerning dunyo boʻylab barcha saytlariga 480 mingga yaqin kishilar tashrif buyuradilar. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha  «Parimatch» dunyoning eng yaxshi beshligiga kiradi.

Bukmekerning mijozlari faqat saytning oʻzidan foydalanibgina qolmay, balki iOS va Androidlarda ham foydalanish imkoniyatiga egalar. Oʻyin balansini toʻldirish va pulni yechib olishning oʻndan ortiq  uslublari mavjud.

Kompaniya faol marketing faoliyatini olib boradi. Masalan, brendning timsoli sifatida Mayk Tayson, Konor Makgregor, Andrey Tixonov, bastakor Basta va sport, hamda ommaviy madaniyatning boshqa vakillari ishtirok etganlar.

«Parimatch»da koeffitsientlar

Bukmeker tomonidan taqdim etilgan koeffitsientlarni bozor boʻyicha oʻrtacha deb hisoblash mumkin. Ular yetarli darajada raqobatbardosh, ammo oʻyinchilarni unchalik ham quvontirmaydi.

Futbol

5.3 %

Tennis

5.5 %

Xokkey

6.5 %

Basketbol

3.4 %

Koʻrsatilgan qiymatlar – oʻrtacha ekanini tushunish zarur. «Parimatch»da ham, boshqa barcha bukmekerlik idoralari kabi eng qiziqarli musobaqalar uchun qoʻshimcha toʻlov kamroq, mashxur boʻlmagan turnir oʻyinlari uchun qoʻshimcha toʻlov yuqori qiymatga ega.

Xokkey oʻyinlari boʻyicha yuqori darajada qoʻshimcha toʻlov koʻrsatkichlari ajralib turadi. Extimol, MXLning rasmiy hamkori boʻlgan bukmeker unchalik mashhur boʻlmagan ushbu chempionat boʻyicha stavkalarni qabul qilishga majburligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkindir.

Basketbol uchun qoʻshimcha toʻlov, bu yerda boshqa koʻplab bukmekerlarga qaraganda aytarli darajada kamroq. Shu sababli, agar siz ushbu sport turi boʻyicha stavkalarni amalga oshirishni yoqtirsangiz, u holda «Parimatch» siz uchun yaxshi yordamchi boʻla oladi.

«Parimatchda» stavkalar

Taklif etilgan stavkalarning turfa xilligi

«Parimatch» – bu faqatgina sport janglari boʻyicha stavkalarni taklif qilish bilan cheklanibgina qolmay, balki madaniy, siyosiy va boshqa hodisalar boʻyicha ham stavkalarni taqdim qilishni hush koʻruvchi bukmekerlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Masalan, ushbu bukmekerda insonlar Marsga qoʻna oladilarmi yoki «Oskar» mukofotiga kim sazovor boʻlishi va boshqa hodisalar boʻyicha stavkalarni amalga oshirish mumkin.

Sport yoʻnalishlari boʻyicha takliflar talaygina. Bu yerda koʻplab milliy chempionatlar, oʻyin statistikasi va turnir natijalari boʻyicha stavkalar mavjud. Basketbol, tennis va xokkey yoʻnalishlari bir qancha torroq boʻlib, ammo beriladigan talablar qondiriladi deb hisoblash mumkin. Futbol boʻyicha Falastindagi har qanday  chempionatlar, Finlandiyaning ikkinchi xokkey divizioni kabilar ham - mavjud.

Ammo, alohida oʻyinlarning koʻrinishi baʼzida zerikarli. Ayniqsa yakka kurash yoki sportning mashhur boʻlmagan turlari haqida gap ketganda. Ba'zida musobaqalar uchun hatto alohida betning keragi ham boʻlmaydi – barcha taklif etilgan stavkalar bir qatordagi chiziq koʻrinishida boʻlishi mumkin.

«Parimatch»da stavkalarning «Oʻziga xosligi»

Extimol, bu «Parimatch»ning asosiy xususiyati boʻlishi mumkin – konservativ va oddiygina kupon. Unda siz tanlagan barcha koeffitsientlar yigʻilib boradi. Buning oʻziga xos katta ijobiy tomoni mavjud  boʻlib – tizim zudlik bilan barcha qoʻshimcha stavkalar va umumiy stavkalarni tayyorlab beradi.

Boshqa koʻrsatkichlarga kelsak:

  • Natijalar va statistika boʻyicha boʻlim mavjud. U aytarli darajada funksional jihatdan katta imkoniyatlarga ega, tushunarli, ammo ma'lumotlar yetarli emas. U toʻliq analitika uchun toʻgʻri kelmaydi, biroq ekspress‑tahlil uchun yetarlidir.
  • Ba'zi mamlakatlardagi saytlarida yakunlangan musobaqalar boʻyicha koeffitsientlar arxivi mavjud. Oʻz stavkalarining statistikasini tahlil qilish uchun yoki oʻtgan oʻyinlarda  jamoalarning istiqboli qay tarzda baholanganini koʻrish uchun kerak boʻladi.
  • Qoʻllab‑quvvatlash xizmati juda tez javob qaytaradi. Ba'zida sizning hisob raqamingizni yoki yana qandaydir ma'lumotlar haqida takroran soʻraydilar. Shuni aytish joizki, muammolarni bartaraf qiladilar, bu esa hursand qilmay qolmaydi.
  • «Parimatch» bukmekeri qolgan barcha holatlar boʻyicha – an'anaviy va u velosipedlarni ihtiro qilmaydi, u faqatgina oʻz mijozlariga tanish boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarni taklif etadi.

Kompaniyaning elitaga oid klubi haqida aytib oʻtish lozim – VIP‑Pari. U doimiy, badavlat mijozlarga alohida xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan boʻlib, unda klub aʼzolariga toʻlov chegaralari koʻtarib beriladi, stavkalarni valyutada amalga oshirish imkoniyati mavjud, shuningdek stavkalar uchun individual tarzda bozorlarga buyurtma berish va boshqalardan iborat.

«Parimatch»da live‑stavkalar

Live koʻrinish jixatdan taqdim etilgan yoʻnalishlardan farq qilmaydi, faqat sport turlari turli ranglar bilan belgilanganini aytmaganda. Shuningdek, Live holatida hafta kunlari boʻyicha eng yaqin oʻyinlarni tanlash va yoddan chiqarmaslik uchun vaqtliroq oʻzining kuponiga qoʻshib qoʻyish imkoniyati mavjud.

Translyatsiyalar ham bor, 4‑5 oʻyindan biri videoga ega boʻladi. Ammo, translyatsiyani tomosha qilish uchun, avval akkauntga kirish lozim. Lekin, infografika bukmeker tomonidan tegishli ravishda oʻylanmagan. Stavkalar tezlik bilan tayyorlab beriladi. Layv‑stavkalar uchun qoʻshimcha toʻlov bozor boʻyicha oʻrtacha qiymatga teng  (5.5–6.5%).

Hulosa

«Parimatch» raqobatdosh mahsulotlarni taqdim etadi. Bukmeker uchun asosiy mezonlar zamonaviy talablarga butunlay mos keladi. Sayt tushunarli, oddiy, barcha qurilmalarda tezlik bilan ishlaydi.

Yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatkich, shuningdek uning funksional jihatdan imkoniyatlari «normal» bahosi bilan baholanadi. Koeffitsientlar – «yahshi».  Ushbu bukmekerda Live esa – a'lo darajadagi bahoga loyiq.