BookmakeRReview

Bukmekerlar haqidagi fikrni qanday foydali qilish mumkin?

BookmakeRReview bukmekerlik idoralari haqidagi fikrlarni qabul qiladi. Biz faqat sportga tikishga qiziqadiganlar uchun ishlaymiz. Bukmekerlar haqidagi ma'lumotlar ochiq va haqqoniy bo'lishini istaymiz.

Yasxshi va yomon tomonlari haqida gapiring

Ko'pincha salbiy tajribadan keyin fikr qoldiriladi. Bu tushunarli, lekin biz obyektiv bo'lishingizni so'raymiz: sizga aynan shu bukmekerda nimadir yoqqan bo'lsa, iltimos, shu haqida ham yozing.

Koeffitsiyentlar yaxshi, garov tikish tanlovi boshqalarga qaraganda ancha ko'p. Bu yerda hatto eng kichik musobaqalarga ham garov bog'lash imkoni borligi menga yoqdi (men tennisga tikaman). Ba'zan pul chiqarishda kutishga to'g'ri kelardi, ammo chidasa bo'lardi. Endi esa 5 kundan beri to'lovni kutmoqdaman: qo'llab‑quvvatlash xizmati bilan yozishmalarga vaqt va asabimni sarfladim. Xulosam: idora smoll‑marketlarda pul tikish uchun juda yaxshi, ammo to'lovlar tez bo'lmasligi va qo'llab‑quvvatlash operatorlari masalaning mohiyatini bilmasliklariga tayyor bo'lishingiz kerak.

Ob'yektivlik ‑ nafaqat yaxshi fikr ko'rsatkichi, balki boshqalarga yordamdir.

Idoraga gap yo'q, hammasi yoqdi!

Biz adolat tarafdorimiz, shunday emasmi?

Fikr to'liq bo'lsagina foyda keltiradi.

Hissiyotlar emas ma'lumotlarga tayaning

Albatta qoldirilayotgan fikrda taassurotlarni bo'lishish muhim. Lekin hissiyotga berilish ishonchsizlikka olib keladi. Iltimos, keraksiz undovlardan (!!!!) saqlaning va Caps Lock opsiyasini suiiste'mol qilmang. Odamlar faktlar va yaxshi mulohazalarga ishonadi.

Aldab, pulingizni o'g'irlashadi! Muttahamlar, butun yutug'imni olib qo'yishdi!!!! O'SHA BONUSINGIZNI KO'TINGIZGA TIQIB PULIMNI QAYTARING, O'G'RILAR!!!!!!!!!!!!!!!!!?????????

Yuborishdan oldin qoldirilgan fikringizni qayta o'qing:

undagi ma'lumotlar va dalillar yetarlimi?

Bavariya-Ayntraxt matchi uchun ro'yxatdan o'tdim: hamma bukmekerlar Bavariya g'alabasiga 1.2, bular esa 1.8 koeffitsiyentini berishdi. Bavariya yutganida esa liniyada xatolik bo'lganini bahona qilib stavkani 1.1 koeffitsiyenti bo'yicha hisoblashdi. Bu qanaqasi? Stavkani qabul qildingizmi, marhamat qilib o'sha shartlarda hisoblang! Qo'llab‑quvvatlash xizmati bilan uzoq muddatli muzokaralardan so'ng 100 rublli bonus taklif qilishdi. Hechdan ko'ra, deganlariday, lekin kesilgan koeffitsiyent tufayli ko'proq yo'qotdim.

Sizning tajribangiz muhim va boshqalar uchun foydali bo'lgan dalillarga asoslanganligi bilan qimmatlidir.

Iltimos, odob saqlang

So'kishlar va to'g'ridan‑to'g'ri haqorat qilish qoldirilgan fikringizni mazmunli yoki foydali qilmaydi. Hatto sizni hafa qilgan jihatlar haqida bosiqlik va to'g'ri aytish mumkin. Iltimos, matnda so'kish so'zlarini ishlatmang: biz ularni e'lon qilolmaymiz.

Kompyuterdan o'ynaganimda muammo yo'q edi. Yaqinda mobil ilovaga o'tishga qaror qilib, hammasi teskari ketdi. Ilovani juda yomon ishlaydi, bir qarasang stavkani qabul qilmaydi, keyin esa uni bir necha marta qaytaradi. Shuni hisobiga 1000 o'rniga 5000 yechildi! Vaqtida bilib qoldim, lekin bu hali hammasi emas ekan: stavkani bekor qilish imkoniyati yo'q va hatto qo'llab‑quvvatlash markazi bilan bog'lanib bo'lmaydi. Hullas, ja unchalik g'azabda emasman, chunki omadim kelib stavka yutdi.

Salbiy tajribani bo'lishish lozim bo'lsa ham, so'kish so'zlarini ishlatishga hojat yo'q.

Bu bir tiyinga qimmat idorada g'irt omilar ishlaydi, bitta odambashara ilova qilish qo'llaridan kelmadi. Qo'ymisan hammang? Hullas, foydasiz ilovani o'chirib tashladim.

Har qanday vaziyatda haqorat va kamsitish taqiqlanadi.

Sizning qoldirilgan fikrlaringizga ishonishlari biz uchun muhim. Iltimos, o'z akkautingizda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga havolalarni ko'rsating va o'z suratingizni ilova qiling, shunda hamma siz real odam ekanligingizni ko'radi va fikringizga ishonadi.

Qonun haqida unutmang

bookmakeRReview qonunchilikka muvofiq ishlaydi. Shuning uchun faqatgina mamlakatimizda litsenziya olgan bukmekerlik idoralari haqida fikrlarni qabul qiladi:litsenziya olgan bukmekerlarning to'liq ro'yxati. Iltimos, yodda tuting: litsenziyasiz onlayn‑bukmekerlarning faoliyati va ular haqida saytimizda fikr qoldirish taqiqlanadi.

Spam va reklama taqiqlanadi

Bu sayt bukmekerlik idoralari haqida fikr qoldirishga mo'ljallangan.  Spamli xabarlar, reklamaga havolalar va bukmekerlarga oid bo'lmagan barcha ma'lumotlar o'chiriladi. Buni tarqatadigan akkauntlar bloklanadi.

Muhim!

bookmakeRReview sayti bukmekerlik kompaniyasi ustidan shikoyat qoldiriladigan joy emas. Sizning fikringiz (agar u verifikatsiyalangan bo'lsa) bukmekerlik kompaniyasining reytingiga ta'sir qiladi, uning potentsial mijozlariga foydali ma'lumotlarni taqdim etadi va kompaniyalarning o'zlariga xizmatni yaxshilashda yordam beradi.