BookmakeRReview

Bukmekerlik idorasi Tennisi: sayt obzori

Bukmeker Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini olib borishi uchun litsenziyaga ega emas

Tennisi bukmekeri: kuzatib borish, stavkalar, koeffitsientlar, Live

«Tennisi» bukmekerlik kompaniyasi oʻz ish faoliyatini Belorussiyada boshlagan. Hozirda, ushbu kompaniya yirik brendlardan biri boʻlib, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston va boshqa MDH davlatlarida oʻz ish faoliyatini olib bormoqda.

«Tennisi» – bu klassik toifadagi bukmeker boʻlib, u sport boʻyicha stavkalar uchun yoʻnaltirilgan. Kompaniyaning sayti orqali boshqa turdagi azartli oʻyinlardan - baʼzi taniqli lotoreyalarning natijalari haqida maʼlumotga ega boʻlishingiz, hamda TV‑koʻrsatish koʻrinishida moʻjazgina onlayn - kazino kabilarni topishingiz mumkin.

Bukmeker oʻz mijozlari uchun mobil ilovani tayyorlagan. Uni iOS va Android dasturlarida qoʻllash imkoniyati mavjud. Shuningdek kompaniyaning rasmiy sayti smartfonlar uchun moslashtirilgan koʻrinishiga ega. Asosiy saytning koʻrinishidan farqli oʻlaroq, u anchagina zamonaviy koʻrinishga ega.

Oʻyin hisobini toʻldirish uchun bukmeker barcha mashhur toʻlov uslublarini yoʻlga qoʻygan: bank kartalari, terminallar, hamda elektron toʻlov tizimlari.

Tennisida koeffitsientlar

Toʻgʻrisini aytganda, ushbu bukmeker koeffitsientlarini eng yaxshilaridan biri deb boʻlmaydi. «Tennisi» uchun ustama toʻlov xos boʻlib, ushbu koʻrsatkich boʻyicha bukmeker oʻz raqiblariga yutqazadi.

Futbol

6.5 %

Tennis

5.5–8 %

Xokkey

5.5–8 %

Basketbol

7.5 %

Jadvalda oʻrtacha qiymatlar koʻrsatilgan. «Tennisi» boshqa koʻplab bukmekerlar kabi, eng yuqori darajaga ega oʻyinlar uchun toʻlov ustamasini pasaytirishga harakat qiladi, ammo shunday boʻlsa ham uni katta holatda qoldiradi.

Toʻlov ustamasining bunday darajasi bilan «Tennisi»dan yuqori koeffitsientlarni kutish maqsadga muvofiq emas. Shu bilan birga, yigʻimlar oʻyin boshlanishidan ancha vaqt avvalroq toʻplangan boʻlsa, ustama toʻlov qiymatining foizi yanada balandroq boʻlishi mumkin. Oʻrtacha 1.0–1.5 foizga.

Tennisi bukmekerlik idorasida stavkalar

Yoʻnalishning turfa xilligi

Eng yuqori darajadagi yoʻnalishlar uchun hech qanday muammo yoʻq – har bir oʻyin uchun, oʻyinning alohida bir qismiga tegishli boʻlgan turli turkumidagi variantlar taqdim etiladi. Masalan, xokkeyda aniq bir muddat davomida oʻyinchilarning samaradorligi uchun, futbolda esa taymda kartalar soni uchun va boshqalar.

«Tennisi» da sport turlari boʻyicha unchalik koʻp takliflar mavjud emas, hammasi boʻlib 14‑15 boʻlimdan iborat. Bukmeker turli «Gael futboli» kabi oʻyinlardan koʻra, bor oʻyinlarga oʻz diqqatini yoʻnaltirishni afzalroq koʻradi. Hatto, ushbu holatda ham sportning ba'zi turlari faqat vaqti - vaqti bilan taqdim etilishi mumkin. Masalan, avtopoygalar yoki bilyard kabi oʻyinlar katta hodisalarni kutgan holda boʻsh turishi mumkin. Baʼzi oʻyin turlari vaqti - vaqti bilan «Turli xil» boʻlimiga kirgiziladi.

Bukmeker oʻzinig eksklyuzivlarini qoʻllab quvvatlaydi. Misol uchun, mijozlar boshlovchisi «Tennisi» bilan hamkorlik qiluvchi  Youtubdagi - «КраСава» shousida roʻy beruvchi hodisalar uchun stavkalar qilish imkoniyatiga egalar. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda maxsus stavkalar boʻlib, u ushbu video ishtirokchilari uchun bagʻishlangan.

Tennisida stavkalarning oʻziga xosligi

Oʻyinchi koʻnikishi kerak boʻlgan bukmekerning birinchi oʻziga xosligi – juda ham oddiy dizaynga ega boʻlgan, eskicha koʻrinishdagi sayt. Mobil versiyasi, huddi ilovasi kabi bir necha barobar yangiroq koʻrinishga ega. Shu bilan birga, «Tennisi» da oʻziga xos «afzalliklari» ham mavjud:

  • Agar biz eng yuqori darajadagi chempionatlar haqida gapiradigan boʻlsak,  tegishli yoʻnalishdagi match nominig yonida bukmeker ushbu matchni qayerda tomosha qilish mumkinligi haqida xabar beradi. Ammo, u yerda faqatgina Rossiya kanallari koʻrsatiladi, bu esa Oʻzbekiston uchun unchalik ham muhim ahamiyatga ega emas.
  • «Super‑ekspress». Ushbu boʻlimda mijozlar bir qancha oʻyinlarning natijalarini bashorat qilishda ishtirok etishlari va djekpotni qoʻlga kiritishlari mumkin.
  • Komandalar boʻyicha maʼlumotnoma mavjud: yoʻnalish boʻyicha «Terma jamoalar va klublar» yorligʻini ochasiz, davlatni tanlaysiz va ekranda ushbu davlatning vakili sifatida komandalar roʻyxati oʻzi haqida qisqa maʼlumot bilan birgalikda chiqadi.
  • Umumiy taqvim. Unga yoʻnalish boʻyicha kirish mumkin. Natijada barcha kutilayotgan hodisalar vaqt boʻyicha bir ketma‑ketlikda beriladi va bu oʻzingiz uchun kerakli boʻlgan hodisani oson tanlash imkoniyatini yaratadi.
  • Statistika boʻlimi. Bunday boʻlim mavjud, ammo u analitika uchun umuman yaroqsiz. Faqatgina  turnir jadvallari, oʻyin natijalari, taqvim  va oʻrtacha totallar beriladi.

Hozirgi kunda bu kabi «afzalliklar» toʻplami qandaydir antikvar holat hisoblanadi. Savol uning qay darajada funksional va foydali ekanida.

Tennisida Live stavkalar

 «Tennisi» da jonli‑xizmatda oʻyinlar unchalik koʻp emas. Agar kun oʻrtasida Oʻzbekistonda taqdim etilgan boshqa bukmekerlarda bir vaqtning oʻzida 50  nafargacha boʻlgan hodisalarni kuzatishingiz mumkin boʻlsa, bu yerda oʻrtacha  8–15 nafarni tashkil etadi. Koʻp hollarda layv kiberhodisalar bilan toʻldiriladi. Masalan, kiberbasketbol,  NBA2K19 kompyuter oʻyinida oʻyin natijasi uchun stavkalar qabul qilinadi.

Haqiqiy sport boʻyicha layvda berilgan barcha oʻyinlarning koʻrinishlari juda chuqur va turli tuman. Tennis oʻyinlarida geym, set va match gʻoliblariga stavkalar qoʻyish mumkin, shuningdek  «Geymda  15:15 hisobi boʻlishi mumkinmi» kabi stavkalar ham shular jumlasidan.

Stavkalarni qabul qilish uchun bukmekerga tezlik yetarli darajada yetishayotgani yoʻq. Baʼzida shunday holatlarni kuzatilishi mumkin, unda stavkalar avtomatik tarzda yuborilmaydi, faqatgina idorada tasdiqlangandan soʻnggina yuborilishi mumkin. Tabiiy ravishda, bularning barchasi bir zumda yuz bermaydi.

«Tennisi» da toʻgʻridan‑toʻgʻri koʻrsatib berish yoʻlga qoʻyilmagan, aytib oʻtilgan kiberhodisalardan tashqari. Ammo ular ham sayt orqali koʻrsatilmaydi, ularni boshqa servislar orqali kuzatish mumkin. Rasmlarni qandaydir infografika bilan almashtirishga ham kompaniya harakat qilayotgani yoʻq.

Xulosa

«Tennisi» bukmekerlik sayti oʻz raqiblariga bir qancha koʻrsatkichlari boʻyicha yutqazadi. Unda ma'lumotlar yetarli darajada emas va bozor standartiga xos boʻlib ulgurgan turli "qulayliklar" ga ham ega emas. Har ehtimolga qarshi oʻzining desktop koʻrinishida  – mobil versiyasi bir necha barobar yahshiroq va doimiy tarzda oʻynash uchun yaroqli.

Kamchiliklarni oʻrnini toʻldirish

«Tennisi» oʻzining kamchiliklarini asosiy hodisalarni keng koʻlamli tarzda taqdim etilishi va oʻz eksklyuzivlari bilan oʻrnini toʻldirmoqda. Ular buning uddasidan chiqa olayaptilarmi yoki yoʻq  – bu sizga havola.

Baholar ushbu koʻrinishda: jonli‑xizmat va koeffitsientlar "qoniqarsiz", sayt funktsionali esa – «normal», yoʻnalishlarning turli xilligi – «yahshi».